Shevchenko: “Azar “Oltin to'p”ni yutishi mumkin”

13 okt 2018, 00:57
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrev Shevchenkoning fikricha, Azar “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun “Chelsi”ni tark etishi shart emas.

Murabbiyniing fikricha, londonliklar murabbiyi qisqa vaqt ichida “Chelsi”ning iqtidorli futbolchilari imkoniyatlaridan samarali foydalana olayapti.

“Men ularning mashg'ulotlariga bordim, Sarri bilan muloqotda bo'ldim”, deydi Shevchenko Goal nashriga bergan intervyusida.

“Chelsi”da hamjihat jamoa va ajoyib futbolchilar jamlangan. Sarrining hozirgi uslubi jamoa o'yiniga juda mos tushmoqda. Ularga yaratuvchanlik maqul kelmoqda. Jamoa mavsumni yaxshi boshladi, sifatli futbol namoyish etib, ijobiy natijalarni qayd etmoqda.

Eden Azar “aristokratlar” safida yetakchilik qilmoqda. Joriy mavsumda u allaqachon sakkizta gol urishga erishdi. Shevchenkoning fikricha, agar u shu ruhda davom etsa, “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi mumkin.

“Agar u hozirgidek jamoa uchun maydonda eng kerakli futbolchi bo'lib qoladigan bo'lsa, ko'plab sovrinlarga ega bo'lishi mumkin. Nima uchun futbolda individual sovrinlar hujumchilarga ko'proq topshiriladi? Chunki ularda hujumni gol bilan yakunlash mas'uliyati yotadi. Muxlislarga golning kiritilishini tomosha qilish yoqadi”, deydi Shevchenko.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal