Shensni dunyodagi eng kuchli darvozabon kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
30 avg 2019
"Yuventus" darvozaboni Voycex Shensni dunyodagi eng kuchli darvozabon kimligini aytdi.

"Ayni damda dunyoning eng kuchli darvozaboni - Alisson Bekker.  Bir vaqtlar u "Roma"da mendan keyin ikkinchi posbon edi.

Barcha vaqtlardagi eng zo'r darvozabon - Janluijji Buffon. Unga etadigani yo'q", - dedi Shensni.

Eslatib o'tamiz, Alisson Bekker YCHLning o'tgan mavsumi eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo