Shavkat Raimqulov "Sho'rtan"ga qaytadimi?

Narzulla Saydullayev
3 dek 2014, 09:26
Bir yillik tanaffusdan so'ng Oliy Ligaga qaytgan G'uzorning Sho'rtan futbol klubi o'z tarkibini kuchaytiradi.
Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Xabar berishlaricha, jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni 15 dekabrdan boshlaydi. Dastlabki yig'indayoq jamoa safida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Xususan, faoliyatini Sho'rtanda davom ettirishi mumkin bo'lgan futbolchilar orasida 2014 yilgi mavsumni Buxoroda o'tkazgan himoyachi Shavkat Raimqulov ham bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz