

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda bitim imzolashdagi asosiy muammo futbolchining maoshida. Hozir Neymarning "toza" yillik maoshi 10,5 mln. evro, ammo shartnoma muddati cho'zilganidan so'ng bu mablag' uch baravarga oshishi mumkin.
Oldinroq Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Neymar bilan suhbatda, braziliyalik o'yiniga munosib mablag' olmayotganini aytgan edi.
Neymarning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan.



