

Poytaxtdagi yig'inda jamoaning tayyorgarligi va tarkibiga jiddiy e'tibor berilmoqda. Ayni damda jamoa safiga tajribali yarim himoyachilar Dilshod Sharofetdinov va Ilhom Yunusov kelib qo'shilgan. Sharofetdinov so'nggi mavsumni Malayziya chempionatida o'tkazgan bo'lsa, Yunusov Navoiyning Qizilqum safida to'p surgandi.
Dinamo 5 mart kuniga qadar Toshkentda bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushib, yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazadi.



