"Shanxay SIPG" yirik g'alabaga erishdi, Ahmedov ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
16 sen 2017, 18:38
"Shanxay SIPG" Xitoy chempionatining 25-turida argentinalik Karlos Teves to'p tepadigan "Shanxay Shenxua"ni qabul qildi.

O'yin 6:1 hisobida shanxayliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ushbu bahsda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Hamyurtimiz 60-daqiqada "Shanxay SIPG"ning uchinchi goliga mualliflik qildi.

"Shanxay SIPG" - "Shanxay Shenxua" 6:1

Gollar: Xalk 56, 75, Vu Li 58, 63, Odil Ahmedov 60, Shenglong Li 82 - Karlos Teves 61.

Xitoy chempionati turnir jadvali bilan tanishing.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia