"Shanxay SIPG" klubini yangi murabbiy qabul qilib oldi

Xayrulla Xoliqov
1 yanv 2020, 15:11
Xitoyning "Shanxay SIPG" klubida bosh murabbiy o'zgardi.

Bungacha jamoani boshqarib kelgan Vitor Pereyra iste'foga chiqib, uning o'rnini xorvatiyalik Ivan Leko egalladi. Klub rahbariyati ushbu mutaxassis bilan bir necha kundan beri muzokara olib borayotgandi.

42 yoshli murabbiy 2018 yil "Bryugge" bilan Belgiya chempioni bo'lgan. Shuningdek, 2019 yil BAAning "Al Ayn" klubida 7 oy ishlagan. "Shanxay SIPG" o'tgan mavsumni 4-o'rinda tugatdi. Shu bois rahbariyat murabbiyni almashtirishga qaror qildi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com