“Shalke” Drakslerni qishki transferlar oynasi paytida sotmoqchi emas

8 okt 2013, 14:07
“Shalke” klubi rahbariyati yarim himoyachi Yulian Drakslerni kelasi yozgacha o'zida olib qolmoqchi.

Germaniya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisiga bir nechta top-klublar qiziqish bildirayotganligiga qaramay (“Arsenal” va “Chelsi”), Draksler Gelzenkirxenda kelasi yozgacha qoladigan bo'ldi.

Bu haqda klubning sport direktori Xorst Xeldt aytib o'tgan.

Eslatib o'tamiz, “Shalke” Bundesligada 8-o'rinda borayapti, Chempionlar ligasida esa klub ikki o'yinning ikkalasida ham g'alabaga erishgan.


Manba: sports.ru