“Sevinch”: Yangi mavsum tayyorgarliklari 16 yanvardan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2017, 11:15
O'tgan 2016 yilgi mavsumda oltin dublni qayd etgan Qarshining “Sevinch” jamoasi 16 yanvardan yangi mavsum tayyorgarliklarini boshlaydi.

Shu kuni futbolchilar Qarshi shahridagi klub qarorgohida yig'ilishadi va yangi mavsum tayyorgarlik mashg'ulotlariga kirishadi.

Har yilgidek jamoa bu yil ham 22 yanvardan Toshkent shahrida boshlanadigan mini  futbol (futzal) bo'yicha XIII O'zbekiston chempionatida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan dastlabki tayyorgarlik mashg'ulotlari ana shu chempionatga qaratiladi. “Sevinch” jamoasi futbolning ushbu turi bo'yicha ham mamlakati ayollar jamoalari o'rtasida yetakchi hisoblanadi. Jamoa mini futbol bo'yicha 12 karra O'zbekiston chempioni va 10 marta O'zbekiston kubogi sohibi bo'lishgan.

Ayni kunlarda jamoaning 9 nafar futbolchisi va 2 nafar murabbiylari Olmaliq shahrida o'tkazilayotgan ayollar O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida ishtirok etishmoqda. Ushbu yig'in 19 yanvar kuni nihoyasiga etadi va futbolchilar jamoa safiga kelib qo'shilishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcsevinch.uz