Hozirgina Server Jeparov to'p tepayotgan “Ulsan Xyunday” klubi ushbu tur doirasidagi o'z uchrashuvini yakunladi. Mehmonda “Dejeon Sitizen”ga qarshi maydonga tushgan ulsanliklar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
45-daqiqada Yang Dong-Xyun “Ulsan”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 66-daqiqada Myung-Von Seo muvozanatni tikladi. Terma jamoamiz sardori javob to'pi kiritilishidan uch daqiqa avval, aniqrog'i 63-daqiqada o'z o'rnini Chang-Xyun Koga bo'shatib bergandi.
Bugungi uchrashuvdan so'ng “Ulsan Xyunday” 11 ochko bilan hamon peshqadam bo'lib turibdi. Lekin ertaga “Chonbuk” va “Suvon” klublari o'z o'yinlarini g'alaba bilan yakunlashsa, Jeparov jamoasi 3-o'ringa pastlaydi.