Sergey Lushan: "Paxtakor" bilan bahslar doimo og'ir o'tgan"

Aslanov Jasurbek
29 apr 2016, 21:25
"Bunyodkor" hamda "Paxtakor" uchrashuvidan (3:0) so'ng, "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Uchrashuv qiyin bo'ldi, chunki bu derbi. "Paxtakor" bilan bahslar doimo og'ir o'tgan. Avvaliga shogirdlarim o'yin tashkil qilishda biroz bo'sh harakat qilishdi. Birinchi bo'limda o'ylagan rejalarimiz ikkinchisida amalga oshdi. "Paxtakor"da bazi imkonitlar bo'ldi, ammo ularning omadi kelmadi. Ularga omad tilayman. Bugun g'olib bo'lganimizdan xursandman.

Shogirdlarim 2 ta uchrashuvda 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hech qanday yangilik bo'lgani yo'q. Shunchaki tartibli o'yin" - deydi Lushan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia