Sergey Lushan: "Durangdan qoniqdim"

Narzulla Saydullayev
5 may 2018, 22:01
Superliganing 10-turidan o'rin olgan AGMK - “So'g'diyona” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Juda og'ir o'yin. Kuchga tayangan holda o'yin namoyish etadigan jamoaga qarshi o'ynadik. Tarkibida bunchalik ko'p bo'ydor futbolchilarni faqat Angliyada ko'rgandim. Shunga qaramay bugun ochko qo'lga kiritdik.

Natijadan qoniqdim. Jamoamda u qadar ko'p mahoratli futbolchilar yo'q. Ayni paytda taxminan 12 nafar futbolchi bor. Qolganlar yoshlar jamoasidan olinmoqda.

Yigitlarga rahmat, ular bosimni engib o'tishdi. O'yindan o'yinga yurishda davom etamiz. Hozircha maqsadimiz imkon qadar yuqoriga ko'tarilish.

Kecha yoshlar jamoamiz safida bir futbolchi juda jiddiy jarohat oldi. Bugun futbolchilar ana shu yigitcha uchun ham o'ynashdi.

Bir qator futbolchilar jamoamizni tark etdi. Mening futbolga qarashlarimga mos kelmagani uchun 3 futbolchi bilan do'stona xayrlashdik. Ularni erkin agent sifatida qo'yib yubordik. Bunday yoshda zaxirada o'tirgandan ko'ra boshqa jamoada o'ynagan yaxshiroq", - deydi Sergey Lushan.

 


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати