Saudiya Arabistonida futbol 4 avgustdan davom ettiriladi

Xayrulla Xoliqov
12 iyun 2020, 11:29
Bu haqda Saudiya Arabistoni sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Klublar 21 iyundan mashg'ulotlarni boshlashi mumkin, faqat bu o'rinda barchaning karantin qoidalariga qatiy amal qilishiga to'g'ri keladi. Lekin chempionat o'yinlarini o'tkazishga faqat 4 avgustdan boshlab ruxsat beriladi.

Saudiya Arabistonida koronavirusdan zararlanish bo'yicha 116,021ta holat kuzatilgan. Kasallanganlardan 80,019 nafar tuzalgan bo'lsa, 857 nafari vafot etdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com