Saudiya Arabistonida "Barselona" formasini kiyish uchun qamoq jazosi belgilandi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2017, 18:19
Endi Saudiya Arabistonida "Barselona" formasini kiygan kishiga 135 ming evro jarima solinadi va 15 yillik qamoq jazosi beriladi.

Oldinroq Saudiya Arabistoni Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida ma'lum qilingan edi. Saudiya Arabistoni Qatar reklamasi bo'lgan barcha mahsulotlardan voz kechmoqda. Sky Italy ma'lumotlariga ko'ra, Saudiya Arabistonida Qatar kompaniyasi tushirilgan "Barselona" formasini kiygan shaxsga 135 ming evro jarima solinadi va 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm etiladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" yangi mavsumda Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi logotipi tushirilgan formalarda to'p tepadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka