Saudiya Arabistoni o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
1 mar 2018
Jahon chempionatiga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi kecha Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Saudiyaliklar oldingi o'yinda Moldovani 3:0 hisobida mag'lub etishgandi, lekin kecha 1:4 hisobida yutqazib qo'yishdi. Iroqning Basra shahrida bo'lib o'tgan o'yinni ko'rish maqsadida 60 ming muxlis stadionga keldi. Shuni aytish lozim, Iroq o'z maydonida Saudiyaga qarshi oxirgi 40 yil ichida birinchi marta o'ynadi.

Bu bahs iroqlik futbolchi Mahdi Karim uchun terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvi bo'ldi. 2007 yilgi Osiyo Kubogi g'olibi kecha terma jamoa bilan xayrlashdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia