Sarri: “Ronalduga hozir tezkorlik yetishmayapti”

1 dek 2019, 09:44
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauricio Sarri jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida to'xtaldi.

Portugaliyalik futbolchi qatorasiga to'rt uchrashuvdan buyon raqib darvozasiga gol urolmayapti.

“Har doim gol urib yurgan futbolchilar doim shu maqsad sari intilishadi. Ular muntazam gol urish yo'llarini izlashadi, agar qatorasiga bir nechta o'yinda bu ishni uddalay olishmasa, albatta kayfiyati ham tushib ketishi bor gap. Ronalduning bu masalada boshqa yulduzlardan farqi yo'q. O'ylaymanki, bu normal holat, chunki bu unga qo'shimcha motivaciya beradi.

Lekin Ronalduning boshqalardan farqli futbolchi. Umuman hamma futbolchi men uchun bir xil darajada. Kimdir bu vaziyatni tushunib, unga ko'nikolmasa, bu uning muammosi, jamoaning emas. Bu yerda hech qanday muammo ko'rmayapman. Krishtianuning bizning jamoada to'p tepishi biz uchun plyus. Ayni paytda unga biroz tezkorlik yetishmayotgan bo'lsada, u bu vaziyatdan chiqib ketish uchun tinimsiz harakat qilmoqda”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail