Sardor Rashidov: "Renn"ga yozda o'tishim mumkin"

4 fev 2018, 17:39
BAAning "Al Jazira" klubida faoliyat olib borgan hamyurtimiz Sardor Rashidov Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan kelishuvga erishdi deb xabar berdi "temiryo'lchilar" rasmiy sayti.

Bundan bir necha kun oldin Sardor Rashidovga Fransiyaning "Renn" jamoasi qiziqish bildirayotgani va "Al Jazira" tarkibida maydonga tushmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. "Renn" klubiga qachon o'tishi haqida futbolchining o'zi quyidagicha izoh berdi.


"Hozircha bir nima deya olmayman. "Renn" jamoasi? Yozgi transfer vaqtida ko'ramiz", - deydi Sardor Rashidov.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia