

"O'zbekiston jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishi uchun bor kuchimizni ishga solishimiz, borimizni berishimiz kerak. Ortimizda butun O'zbekston bizga ishonib, jamoamizni duo qilib turibdi. O'ylaymanki, bularni his qilgan holda kuchimizni ayamasdan o'ynashimiz shart.
Hozirgacha O'zbekiston terma jamoasi mundialga chiqmagan. Agar vazifani uddalasak, bu biz va xalqimiz uchun juda katta bayram bo'ladi. Chunki jahon chempionati muxlislar va bizdan keyin yetishib chiqadigan futbolchilarga ijobiy ta’sir qiladi" - deydi Sardor Rashidov.



