Saloh qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
10 may 2019, 23:55
Misrlik forvard Muhammad Saloh APLning yakuniy 38-turida maydonga qaytadi, deya xabar beradi Liverpul rasmiy sayti.

Manbaning xabar berishicha, Saloh Nyukaslga qarshi (2:3) bahsda boshidan olgan jarohatidan forig' bo'lgan. Miya chayqalishi sababli, hujumchi YCHLning yarim final Barselonaga qarshi javob bahsini (4:0) o'tkazib yuborgandi.

Shuningdek, qayd etilishicha, kataloniyaliklar bilan o'yinda sog'ligidagi muammolar tufayli zaxiraga olingan mersisaydliklar himoyachisi Endryu Robertson ham safga qaytgan. Qizillarning braziliyalik futbolchisi Roberto Firminoning esa qachon tarkibga qo'shilish hozircha ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, Liverpul – Vulverxempton o'rtasidagi chempionatning so'nggi tur uchrashuvi 12-may kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: LFC