Ruslan Melziddinov kamida ikkinchi davradan maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2014
Joriy mavsum "Neftchi"ga qaytgan Ruslan Melziddinov oxirgi paytlarda jamoa safida ko'rinish berayotgani yo'q.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi jarohat olib safdan chiqqan. Melziddinovning oyog'iga gips qo'yilgan. Shu bois futbolchi endi kamida bir oyni maydon tashqarisida o'tkazadi. Aytishlaricha Ruslan "Neftchi"ga endi kamida ikkinchi davradan boshlab yordam berishi mumkin.

Aytish lozimki, farg'onaliklar bu yilgi mavsumda jarohatlar bilan bog'liq muammoga duch kelishmoqda. Boisi undan oldin Levan Gvazava bilan Aleksandru Onika ham aynan jarohat tufayli bir nechta o'yinlarda "Neftchi"ga yordam bera olmadi. Yana bir tajribali futbolchi Aziz Alijonov ham ma'lum muddatlik muolajalardan so'ng yana umumiy guruh bilan mashg'ulotlarda ishtirok eta boshladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia