Runi jarohat olib bir oyga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 04:19
Manchester Yunayted hujumchisi Ueyn Runi mashg'ulotlar jarayonida jarohat olib bir oyga safdan chiqdi.
Shu sababli 27 yoshli hujumchi MYUning Osiyo bo'ylab qilayotgan turnesida ishtirok etmaydi va Angliyaga qaytib keladi.

Runi taxminan 1 oy davolanadi, deb yozadi Manchester Yunayted rasmiy tvitteri.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumgi Angliya chempionatida Runi 27ta o'yinda 12ta gol urdi va 10ta golli pas oshirdi. 

2013/2014 yilgi Angliya premer ligasi 17 avgust kuni start oladi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru