Runi: “Angliya terma jamoasida qayerda o'ynash men uchun muhim emas”

Tolibjon Qosimov
5 iyun 2014, 14:06
“Manchester Yunayted” hujumchisining so'zlariga ko'ra, terma jamoa tarkibida qayerda o'ynashi muhim emas.
“Men chap qanotda o'ynaymanmi yoki o'ngda, yarim himoyadami yoki hujumda, asosiysi men terma jamoada ekanligimdan baxtliman. Men qaysi poziciyada o'ynashim emas, Angliya terma jamoasida o'ynayotganimdan g'ururlanaman”, - deydi Runi “Goal.com” portaliga bergan intervyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com