Ro'ziqul Berdiev: "Gevorkyan soppa-sog'"

Nadirkhuja Yuldashev
6 apr 2015, 11:32
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida, maydon egalarining bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

Unga Eldor Suyunov hamrohlik qildi.

"Ertangi o'yinga jiddiy hozirlik ko'rdik va g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Artur Gevorkyan borasida tashvishda edik, lekin u so'nggi 5 kunda jamoamiz bilan bir xilda mashg'ulot o'tkazdi va o'zini yaxshi ko'rsatyapti. Muhimi shu", - deydi Ro'ziqul Berdiev.




- Avvalgi o'yinda Shohrux Gadoev yaxshi o'ynadi, ertaga uni ko'ramizmi?
- Oliy liga bilan OCHLni o'rtasidagi farq katta. Haqiqatdan ham Shohruxni o'yinida o'sish kuzatilyapti. Ertaga vaziyatga qaraymiz.

- Eldor, uchta to'p qo'yib yubordingiz, hammasi bosh bilan berilgan zarbadan keyin?
- Ha, shunday bo'lib qoldi. Bu borada xato qilmaslikka harakat qilaman.




- Koblash o'zi o'ynagan o'yinlarida imkoniyatlarni yo'qqa chiqarishda davom etyapti. Ertaga uni asosiy tarkibda to'liq ko'ramizmi?
- Jamoada 20 nafardan ziyod futbolchi bor. Kim o'yinga tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi.

- Guruhdagi imkoniyatlar haqida nima deysiz?
- 4ta jamoada ham guruhdan chiqishga imkoniyat bor. Xuddi shunday barchada qolib ketish imkoniyati ham bor. 

- "Al Ahli" jamoasini kuchi nimada deb bilasiz?
-
BAA Superkubogida g'alaba qozongan jamoani kuchli deb aytgan bo'lardim. Bir necha marotaba ichki chempionatda g'oliblikni o'z-o'zidan qo'lga kiritmagan. 


Nodirxo'ja Yuldashev yozib oldi
Foto: Sardor Nurov


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia