

- Bugungi o'yinni shaxsan o'zim o'rtoqlik uchrashuvi demagan bo'lardim. Chunki o'yin keskin kurashlarga boy bo'ldi. Stadionda muxlislarning ko'pligidan sezish mumkinki, samarqandlik futbol ishqibozlari katta futbolni sog'inib qolishgan.
Shuningdek, “Dinamo” turnir jadvalida bekorga yetakchilik qilmayotganini bugun ko'rsatdi. Bugun biz ularning jiddiy qarshiligiga duch keldik. Ko'rinib turibdi, “Dinamo”da murabbiylar yaxshi ishlashayapti. Jamoa tarkib jihatdan ancha yosh. Ularda ishtiyoq juda kuchli. O'ylaymanki, bugungi o'yin har ikkala jamoa uchun foydali bo'ldi.




