
O'yin og'ir bo'ldi. Bugun jamoamiz kutilgan o'yinni ko'rsata olmadi. Raqib birinchi bo'lib gol kiritganidan so'ng, bizni rejalarimizni buzib yubordi.
Asosan ikkinchi bo'limga kelib futbolchilar xarakter ko'rsata olishdi. Biz ikki xil bo'lim guvohi bo'ldik. Umuman olganda, bugungi o'yin durang natijasiga mos bo'ldi. “Paxtakor” balki bir ochko ishlagandir, lekin biz ikki ochko yo'qotdik. Natijadan ko'nglim to'lmadi. So'nggi yillarda “Paxtakor” bilan ko'p durang natijasi qayd etilayotganiga kelsak, bu haqida aniq fikr bildira olmayman.
Biz hech qachon maydonga durang qilish uchun tushmaymiz. Biz yuta olmayotgan bo'lsak, demak raqibni ham kuchini tan olish lozim. Bugungi o'yinda bazi futbolchilar o'zlaridan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olishmadi.