Rojers: “Jerrard terma jamoadan ketgani yaxshi bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2014, 21:20
“Liverpul” bosh murabbiyi Brendan Rojers Angliya terma jamoasi sardori Stiven Jerrard milliy jamoadan ketganidan xursand.
“Bizning jamoa uchun bu juda yaxshi xabar. Men Stiven bilan bu haqda ko'p gaplashganman. Terma jamoa safida ishtirok etish uning uchun ko'p narsani anglatadi. Ammo “Liverpul” Stivining butun hayoti, aynan shu sababli mana shu qarorga keldi. Endi Jerrard terma jamoa o'yinlarida ishtirok etmaydi va bu unga mavsumga to'liq tayyor bo'lishga yordam beradi” – deydi Rojers.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru