Roy Kin: "MYUning hozirgi himoyasida o'ynashni istamasdim"

Mirjalol Normatov
15 okt 2020, 22:55
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin mankunianliklarning ayni damdagi himoyachisi Garri Maguayr haqida gapirdi.

"Milliy termalari o'yinlari vaqtida Maguayrga dam berish kerakmidi? Yo'q, u o'ynashi kerak edi deb hisoblayman. Eng yomon tomoni shundaki, Garri endi "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynaydi. MYUning hozirgi himoyachilari o'zlariga ishonishmayapti, ularning jismoniy holati juda yomon.

Ha, men ham Garrining holatiga tushganman, biroq bizning davrda MYUning kiyinish xonasidagilarda shaxsiyat juda kuchli bo'lgandi. Agarda hayotda qandaydir qo'pol xato qilib qo'ysam, dunyoning eng yaxshi futbolchilari yig'iladigan kiyinish xonasida o'zimga kerakli yordamni olardim.

Maguayrda bunday bo'lmaydi. U MYUga qaytib, yana o'shanday o'yin ko'rsatadi. Ular bilan birga o'ynashni istamagan bo'lardim, chunki ularning orasida lider yo'q", - dedi Kin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal