

"Goal" jurnalisti Romeo Agrestining yozishicha, u ayni damda Parijda bo'lib turibdi. Mendesh mijozini PSJga o'tishi borasidagi muzokaralari borasida ma'lumotlar berilmagan. Uning nima maqsadda Parijga yetib borgani ma'lum emas. Ammo mahalliy jurnalistlar ushbu tashrifni Ronalduning PSJga o'tishi mumkinligiga ham bog'lashmoqda.
Oldinroq "Manchester Siti" Ronalduning transferi borasida kelishuvga erishgani haqida ma'lumotlar tarqagandi. PSJ esa ancha vaqtdan buyon Ronalduga qiziqish bildirmoqda.



