"Ronaldu va Messi bilan bir saviyada bo'lishim mumkin edi"

Aziz Tukhtamuradov
21 noya 2019, 08:53
"Inter"ning gollandiyalik sobiq futbolchisi Uesli Sneyder o'z vaqtiba "Oltin to'p"ni olii va Messi hamda Ronaldu saviyasiga chiqishi mumkin bo'lganligini aytdi.

"Ishonchim komilki, agar Messi va Ronaldu saviyasiga chiqish uchun 100 foiz harakat qilganimda, buni uddalagan bo'lardim. 

Men 2010 yilda "Oltin to'p"ni olishga katta ahamiyat bermaganman va bundan afsuslanmayman. Gap uni amallay olmaganimda emas, shunchaki buni istamagandim. Men faoliyatimdan zavq olganman. Yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritganman. Shuning uchun, xech qaysi soniyadan afsuslanmayman.

Men jamoaviy futbolchiman", - dedi Sneyder. 


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Voetbalzone