Ronaldu "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi

Mirjalol Normatov
2 dek 2019, 20:35
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun Parijda bo'lib o'tadigan "Oltin to'p" topshirish marosimida qatnashmaydi.

Futbolchi ushbu sovringa ega chiqmasligini eshitganidan keyin "France Football"ning taklifiga rad javobini bergan. Futbolchi shu paytda Milanda A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oladi.

Katta ehtimol bilan "Oltin to'p" "Barselona" hujumchisi Leo Messiga taqdim qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football