Ronaldu "Oltin to'p" topshirish marosimida ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2016, 13:20
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Oltin to'p" topshirish marosimida ishtirok etmasligi ma'lum bo'ldi.
Bunga sabab, futbolchi ayni damda "Qirollik klubi" bilan Yaponiyada o'tayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. "Real" 15 dekabr kuni yarim finalda Meksikaning "Amerika" klubi bilan bellashadi.

Oldinroq "Oltin to'p" topshirish marosimi 12 dekabr kuni bo'lib o'tishi e'lon qilingan edi. Ushbu sovrin "France Football" tomonidan topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror