Ronaldu: "Odamlar 90 yoshimda ham meni eslab yurishadi"

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2017
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq vaqt odamlarning yodida qolishiga ishonadi.

"11 yoshimdan qolganlardan ustunroq ekanligimni his qilganman. Odamlar 90 yoshimda ham meni eslashadi. Futbol tarixiga kirib bo'ldim.

"Yuventus"ga qarshi bahs haqida gapiradigan bo'lsam, bu uchrashuvda "Real" g'alaba qozonishi uchun xatto o'yinim o'xshamasligiga ham roziman. "Yuventus" - ajoyib jamoa, ammo "Real" kuchliroq. Biz buni isbotlamoqchimiz" - deydi Ronaldu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports