Ronaldu Koentrauni jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb atadi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 13:14
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshi Fabiu Koentrau haqida iliq fikr bildirdi.

Ronaldu "Instagram"dagi sahifasida Koentrauni jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb atadi.

"Mashg'ulotda Koentrau bilan birga-bir. Aldab o'tish qiyin bo'lgan jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biri bilan kurashayotganimdan mamnunman" - deb yozadi Ronaldu.

Joriy mavsumda Koentrau Ispaniya chempionatining bitta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com