Ronaldu 2022 yil yoziga qadar hech qaerga kyetmaydi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 16:13
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etmoqchi emas.

"Goal" xabariga ko'ra, 35 yoshli portugaliyalikning bosh murabbiy Andrea Pirlo bilan munosabatlari anchagina yaxshi va shu sababli futbolchi jamoadan ketishdan mano ko'rmayapti. Shuningdek, Ronalduga 41 yoshli murabbiyning ish uslubi yoqadi.

"Tuttosport"ning yozishicha, Ronaldu shartnomasi yakunlangunga qadar - 2022 yilning yozigacha Turinda qoladi. Ronaldu ushbu mavsumda A Seriyaning 5 o'yinida 8 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport