Ronaldinyo: "Deyarli "Manchester Yunayted"ga o'tgandim"

Mirjalol Normatov
27 mar 2018, 16:33
"Barselona" afsonasi Ronaldinyoning aytishiga ko'ra, 2003 yilda Kataloniyaga emas, Manchesterga o'tishi mumkin bo'lgan.

"Deyarli "Manchester Yunayted"ga o'tgandim. Bu qarorni 48 soatda aytishim kerak edi. Biroq MYUdan taklif bo'lguniga qadar menga Sandro Rossel shunday degandi: "Agarda klub prezidenti bo'lsam, jamoamga o'tasanmi?". Men rozilik bergandim.

"Yunayted" bilan shartnoma shartlarini muhokama qilib bo'lgandim. Biroq o'sha kunlarda Rossel menga qo'ng'iroq qilib, prezidentlik saylovida g'olib bo'layotganini aytgandi. Shundan so'ng, MYUga "Barselona"ni tanlaganimni aytdim va bu to'g'ri qaror edi. Braziliyaliklar hamisha "Barselona"ni yaxshi ko'rishadi", - dedi Ronaldinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal