Ronald Kuman: “Everton” Lukakuni o'z safida saqlab qolmoqchi, ammo...”

Aslanov Jasurbek
10 apr 2017, 00:44
“Everton” ustozi Ronald Kuman “Lester” ustidan (4:2) qozonilgan g'alabaga sharh berdi.

“Men bugun uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan va ko'rsatgan o'yinimizdan mamnunman. Biz o'yinni o'z nazoratimizda saqlab turdik va hujumkor o'yin ko'rsatdik. Mavsumdagi eng muhim o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Hisob 4:2 bo'lib turgan paytda ham nazoratni qo'ldan chiqarmadik.

Lukaku – dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. U har tomonlama o'smoqda. O'ylashimcha, u hujumlarni ajoyib va samrali yakunlaydigan forvard. “Everton” uchun Romelu eng muhim futbolchilardan biri. Biz uni o'z safimizda saqlab qolish uchun barcha ishni qilamiz. Ammo so'nggi so'zni baribir futbolchining o'zi aytadi. Har bir insonning o'z orzu-niyati bo'ladi”, deydi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС