"Roma" yarim himoyachisi "Ayaks"ga o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyun 2023, 17:37
"Ayaks" "Roma" yarim himoyachisi Benjamin Taxirovichni o'z tarkibiga qo'shib oldi.

Shartnoma tafsilotlari ochiqlanmayapti.

20 yoshli futbolchi 2021 yilda "Vasalund"dan Italiyaga ko'chib o'tgan va o'shandan buyon Rim klubi tizimida harakat qilib kelayotgandi. O'tgan mavsumda futbolchi "Roma" tarkibida barcha musobaqalarni inobatga olganda 13 ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru