
Men matbuotda yozilgan jamoalarga o'tolmasdim. Gazetalarda o'qigandim, menga Chelsi, Manchester Yunayted, Arsenal, Real va bir qator boshqa jamoalar ham qiziqish bildirishgan ekan. Lekin rasman takliflar bo'lmagandi. Chunki men jamoamni qiyin pallada tashlab ketmasligim aniq edi. Kelajakda nima bo'ladi? Bu haqida biror narsa deya olmayman. Hali yangi jamoaga o'tishga tayyormanmi-yo'qmi bilmadim. Hozir esa "Borussiya D"ni o'z joyiga qaytishi uchun bor kuch-g'ayratimizni ishga solishimiz kerak.