Rodri Chempionlar ligasining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Administrator
12 iyun 2023, 00:41
Futbolchi finaldagi hal qiluvchi golni ham urgandi.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Chempionlar ligasining yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Rodri "Inter"ga qarshi final o'yinidagi hal qiluvchi gol muallifiga aylangandi.

Rodri YCHLda mavsum davomida 12 ta uchrashuv o'tkazdi va ikkita gol urishga erishdi. Futbolchining turnir davomida bergan uzatmalari 93,8% aniqlik bilan manziliga borgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: uefa.com