Robert Levandovski: "Sovrinlar uchun kurashishga tayyormiz"

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022
Hujumchi Robert Levandovski "Barselona"ning yangi mavsum uchun rejalari haqida to'xtaldi.

"Jamoamiz juda kuchli, sovrinlar uchun davogarlik qila olamiz. Har o'yindan oldin gol urishni, g'alaba qozonishni istayman. Xavi kabi murabbiy bilan biz albatta, muvaffaqiyatlarga erisha olamiz. Mavsumoldi tayyorgarlik zo'r o'tyapti. Barcha yuqori darajada mehnat qilmoqda. Transferlar esa klub to'g'ri yo'lda ekanligini ko'rsatadi. Barchamiz mavsum startini intiqlik bilan kutyapmiz.

YCHLda Ispaniya klublariga qarshi ko'p o'ynaganman, balki, bu men uchun yangi chaqiruvdir. Agarda Siz xalqaro darajadagi futbolchi bo'lsangiz, istalgan chorlovga tayyor bo'lishingiz, o'zingizning eng yaxshi tomonlaringizni ko'rsata olishingiz kerak.

Tajribali futbolchiman, chorlovlarga tayyorman. Undan tashqari, LaLigada Bundesligadan ko'ra ko'proq o'yin bo'ladi. Balki shu orqali men ham ko'proq gol urib olarman", - dedi Levandovski.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal