

"Men hech qachon "Bavariya"dan kyetish haqida o'ylamaganman. Xattoki Yevropa chempionlari ligasi finalida "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin ham bu fikr hayolimga kelmagan. Bunday paytda sen o'rningdan turib, yana oldinga qarab yura olishing kerak. Men va oilam Myunxenda baxtli. Bu yerda hamma narsa qoniqtiradi. Kelajagim? Futbolda ko'p narsa tezda o'zgarib ketadi. Shu boisdan oldindan bir nima demoqchi emasman. Lekin shunisi aniq, men "Bavariya"dan kyetish haqida o'ylamaganman", - deydi Robben.
Eslatib o'tamiz, matbuotda so'nggi paytlarda Aren Robbenning myunxenliklar safini tark etishi haqida ma'lumotlar tarqalgandi.



