Robben faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin

Eldor Akmurzayev
23 apr 2019, 22:30
Bavariya yarimhimoyachisi Aren Robben faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

AS'ning xabar berishicha, Yaponiyaning Tokio klubi Robbenga taklif bilan chiqqan. Gollandiyalik futbolchining qizillar bilan tuzgan shartnomasi kelayotgan yozda o'z yakuniga etadi. Oldinroq, uning o'zi ham jamoadan ketishi haqida ma'lum qilgandi. Shuningdek, 35 yoshli futbolchiga MLS jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS