Robben faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 18:14
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben yozda klubini o'zgartiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Yaponiyaning "Tokio" klubi gollandiyalikka qiziqish bildirmoqda. Yaponiyaliklar 35 yoshli futbolchini yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi. Aynan o'sha paytda Robbenning "Bavariya" bilan shartnomasi yakuniga etadi.

Oldinroq, Robben joriy mavsum oxirida nemis klubidan ketishi haqida e'lon qilgan edi. Yapon klubidan tashqari gollandiyalikka "Inter" qiziqish bildirmoqda.

Robben 2009 yilning yozida 25 mln. evro evaziga "Bavariya"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Japan Times