Rio Ferdinand: "MYU" barcha musobaqalarda g'olib bo'lishga qodir"

6 sen 2013, 09:51
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rio Ferdinand Angliyaning amaldagi chempionlari bu mavsumda o'zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g'olib bo'lishga qodir ekanini ta'kidladi.

"Bizda hozir barcha turnirlar g'olibi bo'la olishga qodir bo'lgan tarkib mavjud. Biz o'tgan mavsumda ishonchli tarzda chempionat g'olibi bo'ldik va yoz davomida kuchsizlanib qolganimiz yo'q". 

"Men hech narsa o'zgarmasligini va Angliyada chempionlik sovrinini qiyinchiliksiz qo'lga kiritishimizni istayman, biroq hammasi bu qadar oson emas. Klubda juda ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Murabbiydan tortib, to rahbariyatgacha". 

"G'oliblik ruhi "Yunayted" futbolchilarining qoniga singgib ketgan. Bizning oldimizda 4ta sovrin turibdi va ularning barchasida g'olb bo'lishni istayman. Van Persi ham huddi shuni xohlaydi. U sovrinlarga nisbatan juda och va aynan shuning uchun ham "MYU" futbolchisiga aylangan", deya Ferdinand so'zlaridan London Evening Standardga asoslanib Goal.com iqtibos keltirmoqda.


Manba: sports.ru