Riberi: "Maqsadim - "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish"

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 13:37
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberining takidlashicha, 2012/13 yilgi mavsum yakuni bo'yicha eng yaxshi futbolchi deb topilishidan umidvor, deya xabar bermoqda ispan nashrlari.
Eslatib o'tamiz, u allaqason Yevropaning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lib ulgurdi. Shu bilan bir qatorda unda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun ham yaxshi imkoniyat bor ekani takidlanmoqda.

"Haqiqatdan ham, bu mening asosiy maqsadlarimdan biri. Bunday imkoniyat bo'lgandan keyin undan foydalanish kerak. Men jahonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lishni istayman va buning uchun etarli asoslar bor deb hisoblayman. Hammaning o'z nuqtayi nazari bor. Biroq men shu tarzda o'ynashni davom etsam, yaxshi imokniyatim bor deb o'ylayman", dedi Riberi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com