Reshford Ronaldinyo bilan o'ynashni xohlaydi

Alisher
2 apr 2020, 10:50
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Ronaldinyo bilan o'ynashni xohlaydi.

"Ronaldinyo. Agar biz ijodkorlik bilan maydonda nimalar qilishi mumkinligi haqida gapiradigan bo'lsak, bu shunchaki aqlbovar qilmasdir", - deydi Reshford.

Ronaldinyo 2003-2008 yillar davomida "Barsa"da o'ynagan. Futbolchi "ko'k-anorranglilar" tarkibida 207ta o'yinda maydonga tushib, 94ta gol urishga erishgan va to'rtta sovrin yutgan.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubining Reshfordga qiziqish borasida xabarlar ham yangrab turadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BR Football