"Real"ning kelasi yozdagi asosiy transfer nishoni aniq

Alisher
7 sen 2019, 16:54
"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni 2020 yil yozda sotib olishga urinib ko'radi.

"Qirollik klubi" fransiyalik forvardni hatto Pol Pogbaning transferidan ham ustun qo'ymoqda.

Kilian o'tgan mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishgan.

20 yoshli Mbappening parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yozga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Kilian "Pari Sen-Jermen" safiga o'tgan yil "Monako"dan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport