"Real"dan navbatdagi rekord

Narzulla Saydullayev
14 may 2017, 23:19
Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionatining 37-turida "Sevilya"ga qarshi o'ynamoqda.

Uchrashuvning 10-daqiqasida "Real" himoyachisi Nacho gol urib hisobni ochdi. Shu tariqa, "Qirollik klubi" barcha musobaqalarda ketma-ket 62-uchrashuvda gol urishga erishib rekord qayd etdi. Bundan oldingi rekordchi ketma-ket 61ta o'yinda to'p kiritgan "Bavariya" edi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia