"Real"dagilar Mbappega shubha qilishni boshladi

Mirjalol Normatov
5 dek 2024, 21:15
"Real" kiyim almashtirish xonasida Kilian Mbappega nisbatan shubhalar paydo bo'la boshladi.

LaLiganing 19-turi doirasida "Real" safarda "Atletik" jamoasiga mag'lub bo'ldi, ushbu o'yinda fransiyalik forvard penaltidan gol ura olmadi. Bu bir yarim hafta davomida ikkinchi marta shunday holatni sodir qilishi bo'ldi.

"Relevo" ma'lumotiga ko'ra, klubdagilar Mbappeni qo'llab-quvvatlab, uning oldingi holatiga qaytishiga ishonch bildirishmoqda. Biroq o'tgan ishonchsiz o'yinlar sababli futbolchiga jamoadoshlari tomonidan shubhalarning ortishiga sabab bo'lgan.

Futbolchi mashg'ulotlarni yuqori darajada o'tkazmoqda, biroq o'yinlarda u o'z mahoratini namoyish qila olmayapti.

Ushbu mavsumda Mbappe "Real" tarkibida 20 o'yin o'tkazib bo'ldi. Ushbu uchrashuvlarda u 10ta gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Relevo