"Real" to'purar hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi rasman ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018, 15:07
"Real" hujumchisi Raul de Tomas "Rayo Valekano"ga ijaraga berilganidan keyin jamoaga qaytdi.

U "qirollik klubi" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekishini rasman ma'lum qilindi.

"Barchamizning o'z orzularimiz bor. Bu klubga men 8 yoshligimda kelganman. Tashlayotgan har bir qadamim bilan "Real"ning futbolchisiga aylanishim mumkinligini o'ylaganman. Endi 5 yil davomida shu yerda o'ynayman. Barchaga rahmat", - dedi futbolchi.

2017/18 yilgi mavsumda Tomas "Rayo" tarkibida 24 gol kiritdi va Primeroga qaytishida yordam berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/RayoVallecano